10:01 / 22.12.2015
3420

Hyundai’ning yangi ekomodelining norasmiy suratlari chiqarildi

Avstraliyaning CarAdvice nashri Hyundai’ning yangi modeli – Ioniq gibridining norasmiy suratlarini chiqardi. Kamuflyajsiz avtomobil Kaliforniyadagi rasmiy fotosessiya chog‘ida suratga olingan.

Ioniq modeli ko‘pdan buyon Hyundai’ning birorta modelida qo‘llanmagan platformasi asosiga qurilgan. Aytilishicha, yangi mashinaning uch modifikatsiyasi bo‘ladi: butunlay elektrik model (litiy-ion batareyalari komplektiga ega bo‘ladi), gibrid benzin-elektrik model; uchinchi modelda esa ichki yonish dvigateli kuch qurilmasi batareyalarini harakat chog‘ida quvvatlantiradigan generator vazifasini bajaradi.

Bu modelga 1.6 l li 105 ot kuchiga ega motor o‘rnatilishi kutilmoqda.
Mashinaning Yevropadagi premerasi keyingi yil martida Jyenevada o‘tadi. AQSh uchun variant aprelda Nyu-York ko‘rgazmasida taqdim etiladi.

Top