18:27 / 22.12.2015
6080

Kuvaytlik deputat parlament yig‘ilishi vaqtida vafot etdi

22 dekabr kuni Kuvayt parlamentida bo‘layotgan yig‘ilish vaqtida deputatlardan biri vafot etdi. Bu haqda Al-Bawaba News xabar bermoqda. O‘lim sababi hozircha ma'lum qilingani yo‘q.

Milliy kengash deputati Nabil al-Fadhilning hamkasblari avvaliga uni hushdan ketdi, deb o‘ylashdi. Ular shifokorlarni chaqirishdi, yig‘ilishda tanaffus e'lon qilindi. Yetib kelgan shifokorlar esa siyosatchining o‘limini qayd etishdi.

Shundan so‘ng deputatlardan biri Halil Abdalla al-Fadhilning kursisiga Kuvayt bayrog‘ini o‘rnatib qo‘ydi.

Nabil al-Fadhil islomlashuvga qarshi kurashishi bilan tanilgan edi. Jumladan, u “Musulmon birodarlar”ni terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishni talab qilib chiqqan edi. Shuningdek, suzish havzalarida ayollarga cho‘milish liboslarida yurish taqiqlansa, iste'foga chiqishini ma'lum qilgan, alkogol ichimliklari iste'molini qonuniylashtirish va konsert dasturlarida raqs tushishga ijozat berilishini taklif etgan.

Top