00:28 / 22.12.2015
4837

Medvedev davlat xizmatchilari sonini 10 foizga qisqartirish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi

2016 yilning 1 yanvaridan boshlab Rossiyada davlat xizmtchilari soni 10 foizga qisqartiriladi. Shu mazmundagi farmonni RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev imzoladi.

Hukumat saytida e'lon qilingan hujjat fuqaro xizmatlariga, markaziy apparat xodimlariga, federal vazirlikning hududiy organlariga, federal xizmatga hamda federal agentliklarga yo‘naltirilgan.

2016 yilning 1 yanvaridan davlat xizmatchilarini 65 yoshdan nafaqaga chiqarish bosqichma-bosqich olib boriladi.

Top