06:43 / 22.12.2015
4760

Mogerini: Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlar Yevropa Ittifoqi uchun ustuvor hisoblanadi

Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan munosabatlar Yevropa Ittifoqi uchun ustuvor hisoblanadi. Bu haqda 21 dekabrda “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo” davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida YeIning xorijiy ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini aytib o‘tdi.

“Biz uzoq hamkorlik va o‘zaro munosabatlar tarixiga egamiz, biroq hozirda YeI uchun Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan o‘zaro munosabatlar ustuvor hisoblanadi”, deb aytdi Mogerini. U o‘tgan yozda Markaziy Osiyo bilan ishlashning yagona strategiyasi qabul qilinganini eslatib o‘tdi. “Biz uchun hamkorlik ruhida birgalikda ishlash mintaqadagi barcha chaqiriqlar va bizda bor imkoniyatlarni hisobga olgan holda juda muhim hisoblanadi. O‘rtamizdagi hamkorlik juda qulay va barcha odamlarimiz, mintaqa va umuman dunyo uchun foydali bo‘lishini inobatga olish muhim”, deb aytdi Mogerini. 

Ostonada bo‘lib o‘tayotgan muzokaralarda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari, Tojikiston va Turkmanistondan esa tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda.

Yevropa Ittifoqining 2014-2020 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari bilan ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikka qaratilgan byudjyeti 1,068 mln yevrogacha oshirilgan. Bu 2007-2013 yillarda ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘dan 56 foiz ko‘proqni tashkil qiladi.

Top