19:10 / 22.12.2015
4557

Obameyang: Bir kun kelib Ronalduning muvaffaqiyatlarini qaytara olaman

Germaniyaning «Borussiya» (Dortmund) klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo‘lish istagida ekanini bildirib o‘tdi.

«Dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo‘lsam, xursand bo‘lgan bo‘lardim. Krishtianu Ronalduning noyob qobiliyati bor, ammo u bu yutuqlarni qo‘lga kiritishi uchun qattiq mehnat qilgan. Balki, men ham xuddi shunday mehnat qilsam, u erishgan muvaffaqiyatlarga erishishim mumkin», deya Obameyangning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Kicker.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda gabonlik forvard Germaniya chempionatida 17 uchrashuvda maydonga chiqib 18 gol va to‘rtti golli uzatmaga mualliflik qilgan. Yevropa Ligasida esa u yetti marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

Top