13:46 / 22.12.2015
2725

O‘zbekiston va Fransiya havo aloqasi bo‘yicha kelishuv imzolaydi

O‘zbekiston davlat avianazorat inspeksiyasi, TIV va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MK vakillari Parijda Fransiyaning aviatsiya sohasi rasmiylari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

“Muzokaralarning asosiy mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi Kelishuv loyihasi muhokamasi bo‘ldi.

Muzokaralar natijalariga ko‘ra Kelishuv tasdiqlanib, ikki delegatsiya o‘rtasidagi bayonnoma imzolandi”, - xabar qildi Davlat avianazorat inspeksiyasi vakili.

Top