16:08 / 22.12.2015
11681

O‘zbekistonda energetiklar kuni nishonlanmoqda

Bugun, 22 dekabr kuni, O‘zbekistonda energetiklar kuni nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati saytida kompaniyaning bosh energetiki Dmitriy Timoshchuk korxonada energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish borasida qanday choralar ko‘rilayotgani haqida hikoya qilib berdi.
Uning ta'kidlashicha, OTMK loyihalari yiliga 20 mln kVt/soat elektr energiyasi va 18 mln kubometr gaz tejashga yordam beradi.

2012 yildan buyon kombinatda Xalqaro rivojlanish uyushmasi kreditlari hisobidan ikki loyiha amalga oshirildi: pulponasosli 2A stansiyasida yuqori voltli chastotali o‘zgartiruvchi o‘rnatilishi hamda rux va mis erituvchi zavodlarda kompressor stansiyalarini rekonstruksiya qilish. Bular yiliga muvofiq ravishda 6.9 mln kVt/soat elektr energiyasi va 18.7 mln kVt/soat elektr energiyasi tejash imkonini beradi.

Shuningdek, mutaxassis yaqin kelajakdagi rejalar bilan ham o‘rtoqlashdi. Uning ta'kidlashicha, 2016 yilda havo ayirish sexi kompressor stansiyasini qayta jihozlash va 45-sex substansiyasi rekonstruksiyasi rejalashtirilmoqda. U yerga 12.5 MVt quvvatidagi K-1500 elektr dvigateli o‘rniga 7.8 MVt quvvatli zamonaviy elekt dvigateli o‘rnatiladi, bu esa soatiga xuddi shuncha (90 ming kubometr) havo ishlab chiqarish barobarida yiliga 9.2 mln kVt/soat elektr energiyasini tejash imkonini beradi.

Top