22:12 / 22.12.2015
5619

Pxenyan ikki Koreya o‘rtasidagi devorni olib tashlashga chaqirdi

Shimoliy Koreya tomoni yarimoroldagi janub va shimol koreyslarini ajratib turgan devorni olib tashlash tashabbusi bilan chiqqan. Bu haqda shimolliklarning elchixonasiga asoslangan holda "Interfaks" nashri xabar bergan.

Xabar qilinishicha, shimolliklar bu beton devorning olib tashlanishi "ikki millatning birlashtirilishi" jarayonini tezlashtiradi, deb hisoblashadi.

"Bu Shimoli-sharqiy Osiyodagi iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini ta'minlaydi", deyilgan shimolliklar elchixonasi xabarida.

Bundan tashqari, Pxenyan KXDR va AQSh o‘rtasida tinchlik sulhi tuzilishiga chaqirgan.

Shu bilan birgalikda Shimoliy va Janubiy Koreya birlashuvi GFR va GDRning birlashishidan farqlanishi aytilgan.

Ma'lumot uchun, ikki davlat o‘rtasida to‘siq sifatidagi devor 1979 yilda qurib bitkazilgan. Uning uzunligi umumiy hisobda 240 kilometrni tashkil qiladi. Uni Pxanmunjom qishlog‘i yaqinidagi yagona yo‘l orqali kesib o‘tish mumkin.

Top