18:57 / 22.12.2015
4501

Surxondaryolik fuqaroning uyidan bir kilogrammga yaqin "marixuana" topildi

Viloyat ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Termiz shahrida yashovchi fuqaro to‘xtatib tekshirilganida, uning yonidan 4 grammdan ortiq «marixuana» giyohvandlik moddasi topilgan.

Mazkur fuqaroning uyi tekshirilganida 988 gramm «marixuana» giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.

IIV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, u ushbu giyohvandlik moddasini mahalliy aholi vakilidan sotib olganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top