11:11 / 22.12.2015
6263

Xiddink "Chelsi" uchun juda qimmatbaho futbolchi xarid qilmoqchi

"Chelsi" jamoasining yangi bosh murabbiyi Guus Xiddink qishki transferlar vaqtida shov-shuvli transferni amalga oshirmoqchi. fichajes.com nashrida xabar qilinishicha, u "Real"ning 24 yoshli kolumbiyalik futbolchisi Xames Rodrigesni Londonga olib kelmoqchi.

Bu transferning amalga oshishida futbolchining madridliklar ustozi Rafael Benites bilan munosabatlari sovuqlashgani muhim rol o‘ynashi mumkin.

Norasmiy manbalarga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 80 million yevroni tashkil etadi. Xamesning "Real" bilan shartnomasi 2020 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.

Top