14:21 / 23.12.2015
4267

Bir ayol Istanbuldagi aeroportdagi portlash qurboniga aylandi

Sabihi Go‘kchen nomidagi Istanbul xalqaro aeroportida sodir bo‘lgan portlash oqibatida jarohatlanganlardan biri, ayol kishi olamdan o‘tgan.

NTV telekanalida aytilishicha, u aeroportda farrosh sifatida ishlagan xodima edi. Shifoxonaga olib borilgan ayolning joni uzilgan.

Ayni vaqtda aeroport hududida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Politsiya kishilarni to‘xtatib, pasportlarini tekshirmoqda.

Turkiyaning Pegasus Airlines aviakompaniyasi xabariga ko‘ra, portlash 23 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 02:05da samolyotlar turargohida sodir bo‘lgan.

Shu bilan birgalikda, aeroport odatiy rejimda ishlashda davom etmoqda va reyslar to‘xtatilmagan.

Bundan oldinroq, politsiya bu hodisani terakt sifatida tekshirayotgani aytilgandi.

Top