01:09 / 23.12.2015
7347

Internetda iPhone 7 prototipi tasvirlangan video paydo bo‘ldi

Xitoyning QQ videoportalida yangi iPhone 7 smartfoni prototipi tasvirlangan video paydo bo‘ldi.

Yozuv go‘yoki qo‘lida iPhone 7 ushlab olgan Foxconn zavodi xodimi tomonidan olingan. Qurilma bungacha chiqarilgan iPhone’lardan tashqi ko‘rinishi bilan farq qiladi. Yangi smartfonning himoyalovchi oynasi old panelning hammasini egallamaydi va unda Touch ID barmoqlar skaneriga ega Home tugmasi yo‘q. Old kamera gapirish dinamiki ustida joylashgan.

Smartfonning orqa qopqog‘i ham o‘zgargan – asosiy kamera markazga ko‘chgan va Apple logotipiga yaqinroq joylashgan. Prototipda quloqchinlar uchun raz'yom yo‘q, quvvatlash porti esa ancha kengroq ishlangan. Biroq bunday videolarda ko‘pincha bo‘ladigandek, bu video soxta bo‘lishi mumkin, chunki unda tasvirlangan qurilmada iPhone’ga xos ba'zi xususiyatlar, masalan, vspishka mavjud emas.

Top