10:12 / 23.12.2015
3174

Kia “Iks odamlar” qahramoni sharafiga Sportage ishlab chiqdi

Kia kompaniyasi Sportage krossoverining “Iks odamlar” filmining qahramonlaridan biri bo‘lgan Mistik sharafiga yasalgan versiyasini taklif etdi. Avtomobil kartinaning “Iks odamlar: Qiyomat” deb atalgan 2016 yilning mayida katta ekranlarga chiqadigan navbatdagi qismining promo-kampaniyasi doirasida ishlab chiqildi.

Mashinaning ommaviy taqdimoti Australian Open tennis bo‘yicha Avstraliya ochiq chempionatida o‘tkaziladi.
Yangi mashina “Iks odamlar” uchun yasalgan ikkinchi transport bo‘ladi. O‘tgan yili franshizaning navbatdagi qismi uchun kompaniya Sportage’ning Rosomaxa uslubidagi dizaynini hozirlagan edi.

Maxsus versiya prezentatsiyasini Kia markasi elchisi, mashhur tennischi Rafael Nadal o‘tkazadi.
Bunga qadar Kia komikslar chiqaruvchi DC Entertainment kompaniyasi bilan hamkorlikda Betmen, Supermen, Uondervumen, Flesh, Akvamen, Kiborg va Yashil Chiroqqa bag‘ishlangan mashinalarni chiqargan edi. Barcha mashinalar keyinchalik kim oshdi savdolari orqali sotilgan edi.

Top