12:55 / 23.12.2015
3354

MDH mamlakatlari mudofaa vazirlari kengashi birlashgan havo mudofaasi tizimini rivojlantirishni muhokama qiladi

MDH mamlakatlari mudofaa vazirlari kengashi birlashgan havo mudofaasi tizimini rivojlantirishni muhokama qiladi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Bugun Moskvada MDH mamlakatlari mudofaa vazirlari kengashining 69-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston harbiy idoralari rahbarlari ishtirok etadi”, — deyiladi xabarnomada.

Yig‘ilish chog‘ida turli yo‘nalishlardagi yigirmadan ortiq masalalarni muhokama qilish ko‘zda tutilmoqda. 2015 yildagi hamkorlik yakunlarini ko‘rib chiqish barobarida, 2016 yilga rejalar ham ko‘zdan kechiriladi.

Top