09:36 / 23.12.2015
2299

NASA agentligi InSight Marsga parvoz loyihasini vaqtinchaga to‘xtatdi

NASA Amerika kosmik agentligi vazifasi Mars sayyorasiga tadqiqot uskunasini olib borishdan iborat bo‘lgan InSight missiyasini bir qancha muddatga to‘xtatdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.

Sinovlar chog‘ida SEIS seysmomarkazini qo‘shimcha tekshirish zarurligini ko‘rsatdi. Boisi, Mars muhitiga yaqinlashishda tekshiruv o‘tkazishga mo‘ljallangan mazkur uskunada nosozlik mavjudligi aniqlangan. Agentlik mutaxassislarining ta'kidlashicha, uskunadagi barcha tizimlarning to‘liq ishlashi missiyaning eng muhim sharti hisoblanadi.

Parvoz uchun eng qulay vaziyat esa 2016 yilning 4-30 mart kunlari kuzatiladi. Keyingi imkoniyat esa oradan 26 oy o‘tganidan so‘ng qayd etilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning avgust oyida Gavayi orolidagi Mauna-Loa tog‘ida “Marsda yashab qolish” loyihasiga start berilgan edi. Unda olti kishi bir yil davomida diametri 11, balandligi 6 metr bo‘lgan gumbaz ichida toza havo va odatiy taomlardan mahrum holda yashashi lozim.

Top