21:26 / 23.12.2015
2774

OPeK 25 yildan keyin neft narxi 100 dollarga yetishini prognoz qildi

OPeK neft narxi 2040 yilda 160 dollarga yetishini ma'lum qildi. Biroq bu narx 2014 yil dollari qiymati bilan hisoblansa, 2040 yilda neft narxi hozirdagi 100 dollardan sal kamroqni tashkil qiladi. Bunday prognoz OPeK tomonidan chop etilgan World Oil Outlook ma'ruzasida berilgan.

2020 yilda OPeK neft narxi 95 dollarga (2014 yil dollarida 70 dollar) yetishini taxmin qilmoqda. Vaholanki, 2014 yil iyunida neft narxi 114 dollar turgan.

OPeK prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda neftga talab kuniga 97 mln barreldan ko‘proqni tashkil qiladi, 2040 yilda esa kuniga 110 mln barrelga yetadi. 2040 yilga kelib neftni qayta ishlovchi zavodlarning umumiy quvvati kuniga 20 mln barreldan ko‘proqqa yetadi.

Top