15:07 / 23.12.2015
3284

Politsiya tomonidan majruh qilingan erkak 11.3 mln dollar tovon puli oldi

Politsiya zobiti tomonidan otilib, harakatlana olmay qolgan erkak Kaliforniya federal hakamlik sudi qaroriga ko‘ra 11.3 mln dollar tovon puli oldi.

Voqea 2014 yilning 3 yanvar kuni sodir bo‘lgan edi. Aslan vetnamlik bo‘lgan Xung Lam San-Xose shahrini sudga berib, politsiya boshlig‘i bo‘lgan zobit unga qarata o‘q uzganini, buning oqibatida u bir umrga majruh bo‘lib qolganini ma'lum qildi.

“Politsiya zobitining kurakda turmaydigan o‘zboshimchaligi Xung Lamni bir umr nogironlar aravachasiga mixlab qo‘ydi”, - deydi da'vogarning advokati Jon Barris.
Eslatib o‘tamiz, 2014 yilda Erik Garner ismli amerikalik erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirilgani tufayli uning oilasiga 5.9 mln dollar tovon puli o‘tab bergan edi.

Oxirgi yillarda politsiyaning bu kabi xatti-harakatlari jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa qurbonlarning katta qismi qora tanli ekanligi irqchilik borasidagi savollarning ko‘tarilishiga zamin yaratmoqda.

Top