10:04 / 23.12.2015
3614

Putin o‘ziga internet bo‘yicha maslahatchi oldi

Internetni rivojlantirish instituti direktori, LiveInternet kompaniyasi egasi va direktori German Klimenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinning internet bo‘yicha maslahatchisiga aylandi. Bu haqda RBK nashri xabar bermoqda.

Klimenko prezidentning taklifini qabul qilgani haqida nashrga shaxsan xabar qilgan. Shuningdek, bu uning uchun “kutilmagan” taklif bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.
“Do‘stlarimning bari bir hazilni biladi – agar meni Putin chaqirsa, men boraman. Taklifni qabul qiladigan ko‘rinaman”, - uning so‘zlarini keltiradi nashr.

Top