18:54 / 23.12.2015
6359

Telegraph: Xitoy Janubiy Koreya havo hududlariga da'vo qilmoqda

Xitoy Janubiy Koreyadan Sariq dengizdagi suv hududlarining kattagina qismini berishni talab qilmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri yozmoqda.

Bu boradagi muzokaralar 22 dekabr kuni Seulda boshlandi. Aytilishicha, xitoylik harbiylar Janubiy Xitoy dengizining ayrim hududlarini, Vetnam va Filippinning e'tirozlariga qaramay, allaqachon nazorat ostiga olgan. Bundan tashqari, XXR Yaponiyaga qarshi agressiyasini oshirmoqda, Senkaku orollari atrofidagi Yaponiya suv hududlariga dahl qilmoqda.

Tahlilchilarning fikricha, ayni paytda Xitoy harbiy quvvatini oshirib, dengiz hududlarini oshirmoqchi. Ekspertlarning ma'lum qilishicha, oxirgi yillarda Pekin va Seul o‘rtasida iliq diplomatik va iqtisodiy aloqalar o‘rnatilgan, lekin Janubiy Koreyaga tegishli suv hududlariga da'vogarlik qilib Xitoy bu aloqalarni yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Top