19:18 / 23.12.2015
3213

Terri Anri: Mourino «Manchester Yunayted» uchun eng ideal variant

Angliyaning «Arsenal» klubi sobiq hujumchisi Terri Anrining ta'kidlashicha, Joze Mourino «Manchester Yunayted» uchun munosib murabbiy bo‘la oladi.

«O‘ylashimcha, Mourino «MYu» uchun eng ideal variant bo‘ladi. Agar uning «Chelsi»dagi ilk davrini eslasak, uning qanotlarda Robben va Daffdan unumli foydalanganini ko‘rishimiz mumkin. Gudonsen esa Drogbani yaxshi qo‘llab-quvvatlardi. Shunda hozir «MYu»da bo‘layotgan gol bilan bog‘liq muammolar umuman ko‘rmasdik.

Ispaniyada u «Real» bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan va «Barselona»dan ko‘proq gol urgan. Shunday ekan, u «MYu»dagi muammolarni hal qilish uchun juda mos», – deya Anridan iqtibos keltiradi Sky Sports.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq portugaliyalik mutaxassisning Lui van Gaal o‘rniga «MYu»ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Top