11:00 / 23.12.2015
16880

Toshkentda giyohvandlar makoni fosh etildi

Toshkent shahar Olmazor tumani IIB jinoiy qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qora ko‘knor” operatsiyasida bir xonadon tekshirilib, uning giyohvandlar to‘planadigan makonga aylantirilgani aniqlandi. Bu haqda “Pravda Vostoka” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, xonadon egasi Marat M. tamoman boshqa odamlarni kutib turgan va huquq-tartibotchilarga yanglishib eshik ochgan. Shu tariqa u jinoyat ustida qo‘lga tushgan. Oshxonada gugurt qutilariga solingan giyohvand modda topilgan. Sud-kimyo ekspertizasi natijalariga ko‘ra bu modda marixuana bo‘lib chiqqan.

Tergov chog‘ida u marixuanani zangiotalik Bekzod T. ismli shaxsdan olganini aytgan. Bekzodning uyi ham tekshirilib, u yerdan gugurt qutilariga solingan marixuana topilgan.
Voqea yuzasidan tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Top