Volkswagen nemis avtokonserni rahbariyati o‘zining reklama iborasida “Das Auto” (Avtomobil) so‘zidan voz kechdi, deb xabar bermoqda Horizont nemis portali.
Portal ma'lumotiga ko‘ra, avtokonsernning yangi reklama materiallarida faqatgina kompaniya nomi – Volkswagen’ning o‘zi bo‘ladi.
Kontsernning rasmiy vakili korporativ strategiya o‘zgarganini tasdiqladi. U bu o‘zgarishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishini aytdi, chunki kompaniya saytida va ijtimoiy tarmoqlarda Das Auto so‘zi hali ham turibdi.