00:13 / 23.12.2015
11068

Xonanda Lola “E'tirof-2015” tashkilotchilari tomonidan taqdirlash marosimiga taklif qilinmadi

Xonanda Lola 21 dekabrda “Istiqlol” san'at saroyida bo‘lib o‘tgan, madaniyat, san'at, sport, jurnalistika va badiiy ijodiyot sohalarida “E'tirof-2015” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi tashkilotchilari tomonidan marosimga taklif qilinmadi.

“Istiqlol” saroyida har yilgi davlat mukofoti “E'tirof” mukofoti o‘tayotgan bir paytda biz “Yaralangan qanot” qo‘shig‘iga klip olmoqdamiz. Men taklif qilingan mehmonlar orasida yo‘qman, biroq mening klipimda “Yilning eng yaxshi aktrisasi” Yulduz Radjabova bor! Mening tabriklarim azizam va sen bu kun biz bilan bo‘lganing uchun rahmat”, deb yozmoqda Lola instagramdagi sahifasida.

“E'tirof” an'anaviy mukofoti O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligining Yoshlar madaniyat va san'at markazi va bir qator boshqa tashkilotlar bilan birgalikda beriladi.

Top