12:43 / 23.12.2015
3335

Yaponiya imperatori 82 yoshini nishonlashda Ikkinchi jahon urushi qurbonlarini esga oldi

Bugun, 23 dekabr kuni, Yaponiya imperatori Akixito o‘zining 82 yoshini kutib olmoqda. U 1989 yili taxtga chiqqanidan buyon bu sana umumdavlat bayrami sifatida nishonlanib keladi.

“Bu yil urush tugaganiga 70 yil bo‘ldi, bu burilish sanasidir. Urush paytida ko‘p odamlar hayotidan judo bo‘ldi, faqat harbiylar emas.

Mening qalbim bu odamlar tinchlik hukm surganda qanday hayot kechirishlari mumkinligini o‘ylaganda qayg‘u-alamga to‘ladi”, — dedi imperator o‘z tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumani chog‘ida.Joriy yilda imperatorning yoshi ulug‘ligi munosabati bilan unga beriladigan savollar bitta bo‘ldi.

Top