14:46 / 24.12.2015
3769

“E'tiqod-qalb gavhari” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

23 dekabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi Shayx Zayniddin jome masjidi va www.muxlis.uz diniy-ma'rifiy sayti tomonidan o‘tkazilgan “E'tiqod—qalb gavhari” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mazkur tanlovda faol qatnashib, mazmunli va dolzarb, eng muhimi, millat ma'naviyatining yuksalishi ulkan hissa qo‘shuvchi maqolalari bilan ishtirok etganlarga minnatdorchilik bildirildi.
Shundan so‘ng, tanlovning beshta yo‘nalishdagi g‘olib va rag‘batlantiruvchi mukofot sohiblariga sovg‘alar topshirildi.

“Tanlov haqida eshitganimda avval boshda ishtirok etishga ikkilandim. Chunki diniy yo‘nalishdagi mavzu juda mas'uliyatli va insondan katta bilim va ko‘nikma talab etadi. Birinchi maqolam saytda chop etilganda, to‘g‘risi, rosa quvondim va qalbimda boshqacha xursandchilik uyg‘ondi. Bugun esa xayolimda pishgan “muxlis”bop maqolalarni saytga ilinadigan bo‘ldim”, - deydi tanlov g‘olibi, jurnalist Shuhrat Sattorov.

Top