16:54 / 24.12.2015
3301

«Barselona» Neymar uchun «Santos»ga qo‘shimcha mablag‘ to‘lamoqchi emas

Braziliyaning «Santos» klubi Ispaniyaning «Barselona» jamoasi hujumchisi Neymarni sotuvi bo‘yicha imzolangan kelishuvdagi bonuslarni berishni istamayotgani borasida rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Kataloniyaliklar shartnomaga ko‘ra «Santos»ga Neymar «Oltin to‘p» sovrini uchun asosiy da'vogarlar uchligiga kirgani uchun 2 million yevro bonus to‘lashlari kerak bo‘ladi.

O‘tgan haftada «Barselona» Braziliya tomoniga rasmiy xat yozgani, biroq «Santos» yetib bormasdan matbuotda paydo haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Unda ispanlar, ikki klub o‘rtasida Neymarning transferi bo‘yicha hamon tortishuvlar davom etar ekan, bonusni to‘lab bermasliklari haqida ogohlantirishgan.

«Bu yana bir shartnoma shartlarini buzish sanaladi. Ular aslida mavjud bo‘lmagan yuridik to‘siqlardan [bonusni to‘lamaslik maqsadida] foydalanishmoqchi».

«Barselona» o‘z majburiyatlarini bajarmaslik uchun turli «parda ortidagi» ishlarni amalga oshirib ko‘rmoqchi», – deyiladi «Santos» bergan bayonotda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, «Santos» bu borada FIFAga murojaat qilishi mumkin.

Top