18:44 / 24.12.2015
3550

«Barselona» qishki transferlar vaqtida yangi futbolchi olmaydi

Kataloniyaning «Barselona» klubi qishki transferlar oynasi vaqtida yirik xaridlarni amalga oshirmoqchi emas.

Marca nashrining xabar berishicha, ispan klubi moliyaviy muammolar sabab FIFA sanksiyasiga yana bir marta tushib qolmaslik maqsadida erkin agentlar va ijara asosida to‘p suruvchilar bilan cheklanishi mumkin xolos.

Ammo «Barselona» yozda sotib olingan Arda Turon va Aleysh Vidallarni tarkib uchun ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Xabarda qayd qilinishicha, «Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike o‘z jamoasi safida Nolitoni ko‘rishni istamoqda, biroq «Selta» futbolchi uchun so‘rayotgan 18 million yevro kataloniyaliklarni transferni rad qilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Top