07:10 / 24.12.2015
4345

Bloomberg: olibsotarlar neft narxini 15 dollargacha tushirib yubormoqchi

Neft olibsotarlari keyingi yilda neft narxi 15 dollarga tushib ketsa ularga daromad keltiradigan qisqa muddatli shartnomalarni sotib olmoqdalar. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi. 

Neft bozori treyderlarning asosiy qismi narx pasayishidan foyda ko‘radigan “ayiq hududi”ga neft olish hajmi bo‘yicha kvotalarni o‘rnatish bo‘yicha kelisha olmagan OPeKning e'loni ortida qaytdi. Qo‘shimcha salbiy omil bo‘lib Eronning neft bozoriga chiqishi mumkinligi bo‘lmoqda, bu yuz bersa bozorda talabning yanada oshishi va neft narxining pasayishiga olib keladi. Shuningdek, neft narxining pasayishiga neft qazib olish hajmini oshirib borayotgan Rossiya kabi davlatlar ta'sir ko‘rsatmoqda. 

“Biz keyingi yil davomida neft bozorida talabning keragidan ortiq bo‘lishini ko‘rmoqdamiz”, deb aytdi Goldman Sachs bankining xomashyo bozorini tadqiq qiluvchi bo‘limi boshlig‘i.

Agentlikning ta'kidlashicha, “ayiq trendi” WTI turidagi neft narxini 2016 yilda 30, 20 va hattoki 15 dollargacha tushirib yuborishi mumkin. Agentlik Nyu-York xomashyo birjasi ma'lumotlariga tayanib, 2016 yil dekabrida 15 dollar narxdan neft yetkazib berishga shartnomalar 640 ming barrelni tashkil qilgani ma'lum qilmoqda. 

Top