11:10 / 24.12.2015
2481

Kosovo konstitutsion sudi etnik serblar huquqlarini kengaytirish bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi

Kosovo konstitutsion sudi etnik serblar huquqlarini kengaytirish bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Shuningdek, sud hukumatga hujjatning konstitutsiyaga zid keladigan ayrim jihatlarini qayta ishlab chiqishni topshirdi.

Ta'kidlanishicha, siyosiy muxolifat Serbiya va Chernogoriya bilan bunday kelishuvlar amalga oshirilishiga qat'iyan qarshi chiqayotgan edi.
Ma'lumot uchun, Serbiya tarkibidagi Kosovo va Metoxiya muxtor o‘lkasida etnik albanlar ko‘pchilikni tashkil qilar edi.

O‘tgan asrning 90-yillari boshida avj olgan Yugoslaviya urushi chog‘ida Kosovo Serbiya tarkibidan ajralib chiqishini ma'lum qildi, lekin bu ikki orada urush va qirg‘inlarga olib keldi. 2008 yil fevralida Kosovo Respublikasi o‘z mustaqilligini e'lon qildi. Bugungi kunda u qisman tan olingan davlat bo‘lib qolmoqda. Lekin Kosovo poytaxti Prishtinada etnik serblar ko‘plab istiqomat qiladi.

Shuningdek, Kosovska-Mitrovitsada ham asosan serblar yashaydi. Urush yillari Kosovo hududini 200 mingdan oshiq etnik serb tark etgan edi. Hozirda mamlakatning 1.7 mln aholisi ichida serblarning miqdori 100 ming kishidan oshadi. Ular orasida ayirmachilik kayfiyatlari nihoyatda kuchli. Shuningdek, mahalliy alban faollari ularni Serbiyaga sodiqlikda gumon qiladi.

Top