19:10 / 24.12.2015
3657

Messi Guardian talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Britaniyaning The Guardian nashri o‘z talqiniga ko‘ra 2015 yilning eng yaxshi futbolchilari nomini elon qildi. 49 mamlakatning 123 tahlilchilari ishtirok etgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi joriy yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ikkinchi o‘rinni «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu band etdi. Kuchli uchlikni «Barselona»ning boshqa bir forvardi Neymar yakunlab bergan.

Shuningdek, dastlabki kuchli o‘ntalikdan Luis Suares («Barselona»), Robert Levandovski («Bavariya»), Tomas Myuller («Bavariya»), Zlatan Ibrohimovich («PSJ»), Manuel Noyyer («Bavariya»), Serxio Aguero («Manchester Siti»), Aleksis Sanches («Arsenal») o‘rin olishgan.

Top