18:36 / 24.12.2015
5112

Messi Ronaldinoga minnatdorchilik izhor qildi

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messining qayd qilishicha, u 10 raqamni ungacha bu raqamda to‘p surgan Ronaldino tavsiyasiga ko‘ra olgan. Argentinalik futbolchi braziliyalik xavbek 2008 yilda «Barselona»ni tark etayotganda unga «o‘nlik»ni o‘zi olishi kerakligi borasida maslahat berganini ta'kidlab o‘tdi.

«Ronaldino ketishidan oldin bu haqda ancha o‘ylab yurgan bo‘lgan. Uning jamoani tark etishi aniq bo‘lganidan keyin esa, u menga «o‘nlik»ni men olishim kerak ekanini ta'kidlagandi.

Ronaldinodek futbolchi menga shunday munosabat bildirganidan ta'sirlanib ketgandim. U mening jamoaga moslashishimni osonlashtirishda yordam bergan. U bilan birga o‘ynash men uchun juda qulay edi va u jamoa uchun o‘ynashimda ko‘p yordam bergandi», deya Messidan iqtibos keltiradi Goal.com.

Top