09:53 / 24.12.2015
3390

Nikolas Keyj Mo‘g‘ulistonga o‘g‘irlab ketilgan dinozavr skeletini qaytarishga rozi bo‘ldi

Gollivudlik taniqli aktyor Nikolas Keyj Mo‘g‘uliston hukumatiga o‘g‘irlab ketilgan noyob dinozavr qoldiqlarini qaytarishga rozi bo‘ldi.

Keyj bu tirannozavr turidagi dinozar skeletini 2007 yilda Beverli-Xillzdagi galereyadan 280 ming dollarga sotib olgan. Galereya unga bu qoldiqlar haqiqiyligi haqida sertifikat ham taqdim qilgan.

Gaplarga qaraganda, Keyj auksionda boshqa bir aktyor Leonardo Di Kapriodan o‘tib ketgan. Keyjning vakili Aleks Shakning aytishicha, aktyor skeletning haqiqiyligiga shubha qilib, milliy xavfsizlik departamenti bilan bog‘langan.

Departament xodimlari bu skelet AQShga Mo‘g‘ilistondan noqonuniy olib kelinganini aniqlashgan. Shundan keyin Keyj dastlab skeletni AQSh hukumatiga, keyinroq esa Mo‘g‘ulistonga topshirishga qaror qilgan.

Top