19:57 / 24.12.2015
4718

O‘zbekiston avtosanoatining yillik aylanmasi 4 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qilmoqda

Bugungi kunda “O‘zavtosanoat” AK o‘z strukturasida 25 mingdan ko‘proq xodim, yiliga 4 mlrd dollardan ko‘proq oborot, ishlab chiqarish va boshqaruvning yuqori standartlariga ega hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlariga chuqur tatbiq qilgan birinchi tarmoqlardan biri hisoblanadi.

infocom.uz’ning ma'lum qilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston avtosanoati mamlakat iqtisodiyotining eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan, mamlakat eksport imkoniyatining yorqin misoli hisoblanadi va mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati rivojlanishida borgan sari muhim rol o‘ynamoqda.

“O‘zavtosanoat” AK tarkibiga 70 dan ko‘proq korxona, jumladan “GM Uzbekistan” AJ, “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ , “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi kiradi. Tarmoqda, shuningdek, tarmoq uchun importning o‘rnini bosuvchi komponentlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi bir qator korxonalar, savdo va servis xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar va lizing kompaniya ham faoliyat yuritadi.

Top