14:53 / 24.12.2015
3975

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Direktsiyasida “Onalari baxtli, bolalari sog‘lom mamlakat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan kirib kelayotgan 2016 yil mamlakatimizda «Sog‘lom ona va bola» yili deb e'lon qilingani munosabati bilan «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Direktsiyasida shu mavzu yuzasidan ma'ruza tashkil etildi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ma'ruzachi Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik fanlar nomzodi, dotsent Igor Kudryavtsev onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, reproduktiv salomatlikni saqlash, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ham jismonan, ham ma'nan barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasiga jiddiy e'tibor qaratilayotgani, 1998 yilning “Oila yili”, 2000 yilning “Sog‘lom avlod yili”, 2001 yilning “Onalar va bolalar yili”, 2014 yilning “Sog‘lom bola yili” deb e'lon qilinishi ham mamlakatimizda sog‘lom avlodni voyaga yetkazish yo‘lida olib borilayotgan chuqur islohotlardan darak berayotganini ta'kidladi.

Bugungi kunda mamlakatimiz bolalarining 92 foizi rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti standartlariga to‘la mos keladi. “Save the Shildren” xalqaro tashkiloti reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyodagi bolalar salomatligi to‘g‘risida eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan o‘nta mamlakat qatoridan joy oldi.

Barcha hududlarda, hususan, chekka qishloqlarda bunyod etilgan zamonaviy sport majmualarida 2 milliondan ziyod bola sportning 30 turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Bu jarayonga qizlarni – bo‘lg‘usi onalarni jalb etishga, ularning salomatligini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Ma'ruza yakunida, bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, sog‘lom oilani shakllantirish, irsiy kasalliklarning oldini olishdagi muhim omilligi, qolaversa, yurtimizning barcha hududlarida tashkil etilgan zamonaviy skrining markazlari, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Reproduktiv salomatlik markazlarida onalar va chaqaloqlarga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilyotgani aytib o‘tildi. Qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.

Top