16:15 / 24.12.2015
4980

Peres «Real» muxlislariga murojaat qildi

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyligi o‘rniga Joze Mourino qaytishi mumkinligi borasidagi mish-mishlar munosabati bilan fanatlarni birlashishga va Rafael Benites boshchiligidagi murabbiylar shtabini bosim ostida qoldirmaslikka chaqirdi.

«Bitta narsani muxlislarga yetkazishni istardim. Butun dunyo bo‘yicha «Real»ning millionlab fanatlari mavjud. Ular hozir xuddi bir oiladek birlashishlarining ayni vaqti. Biz yangi yosh avlodni tarbiyalab yetishtirib berishi kerak bo‘lgan jamoamiz qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Ertalab qalbimizda o‘ziga xos ehtiros bilan uyg‘onganimizda qiyin vaziyatlarda birdam bo‘lishdanda muhimroq jihat yo‘qligini tushunib yetishimiz kerak», deya Peresning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.com.

Top