08:35 / 24.12.2015
3105

Rossiya aviakompaniyalari 2015 yilda 20-30 mlrd rubl atrofida ziyon ko‘rishdi

Rossiya banki Rossiya aviakompaniyalarining ko‘rgan ziyonlari hajmini 20-30 mlrd rubl atrofida baholamoqda. Bu haqda 2015 yilning 2-3-choraklaridagi moliyaviy barqarorlik sharhida aytilmoqda.

“Rossiya havo transportidan foydalanuvchilar uyushmasi ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniyalarning moliyaviy natijalariga lizingga olingan samolyotlar uchun to‘lovning oshishi, tashishlarning strukturasi o‘zgargani:

xorijiy sayyohlik paketlari savdosining kamayishi bilan Rossiya aviatashuvchilariga an'anaviy tarzda ziyon keltiruvchi ichki reyslarning ko‘payishi bilan bog‘liq holda umumiy tushumning kamayishi kabi omillar salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda”, deyilmoqda hisobotda.

Top