17:53 / 24.12.2015
13908

Rossiya Fransiyaga Turkiyaning IShIDga yordam berayotgani haqidagi ma'lumotni taqdim etdi

Rossiya Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov o‘zining fransiyalik hamkasbi Per de Villega Suriya shimolida turkiyalik jangarilar harakatlanayotgani haqidagi ma'lumotni taqdim etgan. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga asoslanib xabar tarqatdi.

"Armiya generali Gerasimov Suriyadagi tabiiy resurslar talon-taroj qilinishi davom etayotgani, bu boyliklar sotuvidan tushgan mablag‘lar IShIDning moliyalashtirilishi uchun yo‘naltirilayotgani va bu jarayonda Turkiya ishtirok etayotgani haqidagi ma'lumotni taqdim etdi. Bu ma'lumotlar Suriyaning shimolidagi tumanlarda o‘rnashgan IShID safini turkiyalik jangarilar to‘ldirayotganini isbotlaydi", deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya avvaldanoq Turkiya hududi IShID uchun jangarilar tayyorlash va o‘z savdo amaliyotlarini amalga oshirishda foydalanilayotgani haqida ma'lumotlarga ega bo‘lgani haqida aytgandi.

Top