09:36 / 24.12.2015
4235

Shveytsariya Xodorkovskiyning Rossiyaga topshirilishi masalasini ko‘rib chiqishi mumkin

Shveytsariya federal adliya boshqarmasining rasmiy vakili Folko Galli YuKOSning sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiyning Rossiyaga topshirilishi masalasining ko‘rib chiqilishi imkoniyati borligini aytdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Uning aytishicha, buning uchun Moskvaning tegishli so‘rovini olish zarur. “Shveytsariyadan Rossiyaga ekstraditsiya qilish umuman olganda ikki tomon bilan tasdiqlangan Yevropa topshirish konvensiyasi asosida amalga oshirilishi mumkin”, deb aytdi Galli.

Gallining tushuntirishicha, Shveytsariya federal sudi qaroriga muvofiq ekstraditsiya masalasi Rossiya hukumati huquqlarga amal qilinishiga kafolat bersagina ko‘rib chiqilishi mumkin.

Avvalroq Xodorkovskiy Buyuk Britaniyada siyosiy boshpana so‘rashni rejalashtirayotgani ma'lum qilingandi.

Top