00:03 / 24.12.2015
15498

Toshkentning Sergeli tumanida "Lasetti" mashinasi yonib ketdi

Toshkentning Sirg‘ali tumani, "Kasbino" do‘koni yonida oq rangli “Lasetti” va kulrang "Matiz" avtomobillari to‘qnashib ketishi oqibatida "Lasetti" yo‘l o‘rtasida yonib ketdi. “Matiz” esa yo‘l chetiga surilib chiqib ketgan. “Lasetti”ning haydovchisiga hech narsa qilmagan, “Matiz”ning haydovchisi haqida ma'lumot yo‘q.

Bu YTH guvohlaridan biri “Voditeli Tashkenta” guruhi sahifasida bu haqda ma'lum qilgan va yo‘llarda ehtiyot bo‘lish darkorligi haqida yana bir bor ogohlantirgan

“Odamlar ehtiyot bo‘ling, mashinalar tez yonib ketadi. Mana shunday holat Sirg‘alida, “Kasbino” do‘koni yonida... O‘t o‘chiruvchilarga rahmat, tezlik bilan harakat qilishdi. Mashinaga ko‘pik sepildi. Afsus.. Yo‘llarda o‘zingizni ehtiyot qiling”, deb tashvish bildirmoqda foydalanuvchi.

Top