23:59 / 24.12.2015
6830

Yaponiya Sobiq ittifoqning Janubiy Koreya layneriga hujumi haqidagi hujjatlarni chop etdi

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining oshkor etilgan mahfiy materiallariga ko‘ra, AQSh 1983 yilda Yaponiyaga mahfiy ravishda Sobiq ittifoq o‘z hududiga yanglish kirib qolgan Janubiy Koreya laynerini urib tushirgani haqidagi ma'lumotni ma'lum qilgan.

Vashingtonning Sobiq ittifoq yo‘lovchi samolyotini ataylab urib tushirgani haqidagi rasmiy bayonotiga qaramay, AQSh hukumatining bu xabarida sovet hukumati yo‘lovchi laynerini AQShning razvedkachi samolyoti bilan yanglishtirib qo‘ygani va bu zarba berishga sabab bo‘lgani aytilgan.

AQSh vakillari, shuningdek, Saxalin yaqinida urib tushirilgan bu samolyotning “qora qutisini” AQSh “mahfiy vositalar” yordamida topishi rejasi haqida ma'lum qilishgan.

Top