16:28 / 25.12.2015
7236

“Koinot go‘zali” “Kolumbiya go‘zali” bilan bog‘langan rishtalar haqida gapirib berdi

“Koinot go‘zali-2015” tanlovi g‘olibasi, filippinlik Piya Alonso Vurtsbax “Kolumbiya go‘zali” unvoni egasi Ariadna Guterres bilan bir umrlik aloqalar o‘rnatilganini ta'kidladi.

Eslatib o‘tamiz, tanlov boshlovchisi, amerikalik komik aktyor Stiv Xarvining xatosi tufayli dastlab 2015 yilgi “Koinot go‘zali” deb Ariadna e'lon qilindi, ammo bir necha daqiqadan so‘ng Xarvining o‘zi ming istihola bilan xatosini to‘g‘irladi. Bu voqea ko‘plab muhokamalarga va janjallarga sabab bo‘ldi.

“Ariadna, sen hayratlanarli ayolsan, bu noyob tajriba boisidan biz bir umrga bog‘landik”, — deb yozdi filippinlik go‘zallik malikasi Facebook’dagi sahifasida.
“Oxirgi uch hafta mobaynida biz birga edik, — so‘zida davom etdi Vurtsbax. – Men sening ham ichki, ham tashqi jihatdan na qadar go‘zal va kuchli ekanliginingni ko‘rdim. Sen o‘z mamlakatingga munosib vakillik qilding, ular sen bilan faxrlanishlarini aniq bilaman”.

Top