16:47 / 25.12.2015
3504

Apple Samsung`dan 180 mln dollar talab qilmoqda

Apple kompaniyasi Samsung korxonasidan patent bo‘yicha tortishuvlar doirasida yana 180 mln dollar undirib olishni ko‘zlamoqda. Bu haqda The Verge nashri xabar tarqatdi.

Nashrda yozilishicha, aynan shuncha miqdordagi summa amerikaliklar kompaniyasining Samsung tomonidan chiqarilgan beshta qurilmadan ko‘rgan zarari miqdorini tashkil qiladi. 2012 yilda Janubiy Koreya ilk marta Apple`ning patent huquqini buzganini tan olgandi. Dekabrda Samsung 548,2 mln dollar miqdorida tovon puli to‘lagan.

Apple kompaniyasi aynan qaysi qurilmalar bo‘yicha norozilik bildirgani xabar qilinmagan. Sudning asosiy hujjatlari omma uchun yopiq holda olib borilmoqda.

Top