10:05 / 25.12.2015
7165

Atambayev: Menga qolsa, bachchaboz va terrorchilarni o‘limga buyuraman

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev yillik matbuot anjumani vaqtida «24.kg» nashri muxbiri savoliga javob bera turib terrorchilar hamda pedofillarga (bachchavozlar) o‘lim jazosi qo‘llash fikriga bajonidil qo‘shilishini aytib o‘tdi.

"Menga qolsa, bachchaboz va terrorchilarni o‘limga buyuraman. Ammo, birinchidan konstitutsiya bor, ikkinchidan xalqaro huquq normalariga amal qilinishi kerak. O‘ylaymanki, pedofillarni kimyoviy usulda bichib qo‘yish kerak. Bu o‘rinda inson huquqlari haqida gapirishmasin. Bolalarning huquqlari qayoqda qoladi unda? Ular inson emasmi yoki? Men bundaylar bir umr o‘z qilmishidan afsuslanishi uchun har qanday shafqatsiz jazo qo‘llanishiga rozi bo‘laman. Bunday jinoyat turlariga qarshi jiddiy kurashmoq kerak. Bir marta ota o‘z farzandini zo‘rlaydi. Oilaning boshqa a'zolari va ona bu maxluqdan qo‘rqib, qochadi. Agar ular birgalikda uni toshbo‘ron qilib o‘ldirishganida edi, men ularni prezident sifatida kechirgan bo‘lardim", deydi prezident.

Top