08:17 / 25.12.2015
4540

Britaniyalik juftlik o‘lgan itini 100 ming dollarga klonlashtirdi

Britaniyalik juftlik o‘lgan itining irsiy materiallarini klonlashtirish yordamida ikkita kuchuk bola olish uchun 100 ming dollar to‘ladi, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, er-xotin Lara Jak va Richard Remdening ular bilan 9 yil birga yashagan boksyor zotidagi iti o‘lib qolgan.

Juftlik Janubiy Koreyaning biotexnologik tadqiqotlar jamg‘armasi Sooam’ga murojaat qilgan. Jamg‘armada 10 yilga yaqin vaqtdan beri hayvonlarni klonlashtirish bilan shug‘ullanishadi. Ta'kidlanishicha, kompaniya xodimlari 700 dan ko‘proq itni klonlashtira olishgan.

Juftlik klonlashtirish xizmati uchun 100 ming dollar haq to‘lagan. Irsiy material it o‘limidan 12 kundan keyin olingani sababli bu xizmat ularga odatdagidan qimmatroqqa aylangan.

Top