15:03 / 25.12.2015
4395

Kardashyan va Kane Uest farzandlarining suratini 2.5 mln dollarga sotishdan bosh tortishdi

Amerikalik yulduzli juftlik Kim Kardashyan va Kane Uest yangi tug‘ilgan farzandlari Seyntning suratlarini sotishdan bosh tortdi, deb xabar beradi TMZ manbasi.

Umumiy boyligi 155 mln dollarni tashkil qiladigan Kardashyan-Uestlar oilasiga bir qancha nashrlar bolaning surati uchun 2 yoki 2.5 mln dollar taklif qilgan.Ammo yangi ota-ona go‘dak begona ko‘zlardan asrashga qaror qilishgan. Hattoki Kardashyan oilasining Yangi yil suratida ham uning rasmi yo‘q edi.

Ikki yil muqaddam Kardashyan va Uest o‘sha paytda tug‘ilgan qizlari Nortning suratini 3.8 mln dollarga sotishdan bosh tortishgan edi.

Top