17:11 / 25.12.2015
4732

Pele: Menga qiyin edi. Messiga esa oson, uning raqobatchilari yo‘q

Braziliyalik afsonaviy futbolchi Pele argentinalik Lionel Messini zamonaviy futbolning eng yaxshi o‘yinchisi ekanini ta'kidlab o‘tdi.

«Men har doim gapirib kelganman, Messi – oxirgi o‘n yillikning eng futbolchisi. Hozir uning tengi yo‘q. Oldin Krishtianu Ronaldu unga tenglashishi mumkin edi.

Shunga qaramay, Messi bosh bilan yaxshi o‘ynay olmaydi, o‘ng oyog‘iga qaraganda chap oyog‘ini ko‘p ishlatadi. Ammo baribir u boshqalarga qaraganda kuchliroq bo‘lib qolaveradi.

Hozir Maradona bilan bog‘liq vaziyat takrorlanmoqda. Messining omadi kelgani uni hech kim bilan solishtirishmaydi. Meni esa Bekkenbauer, Sokrates va Dirseu Lopes bilan solishtirishardi», – deydi Pele.

Top