18:29 / 25.12.2015
4039

"Qamchiq" dovonida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi

19-20 dekabr kunlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan “Qamchiq” dovoni qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bergan.

Ikki kun davomida o‘tkazilgan o‘quv mashqlariga Namangan va Toshkent viloyatlari Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat quyi tizimi (FVDQT)ga kiruvchi xizmatlar boshqaruv organlari hamda kuch va vositalari jalb etildi.

O‘quv mashqi (FVDQT)ga kiruvchi boshqaruv organli va kuchlarini “Favqulodda vaziyatlar” rejimiga o‘tkazish hamda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmas ishlarni olib borishni o‘z ichiga olgan bir necha bosqichlarda o‘tkazildi.

Shuningdek, o‘quv mashqi doirasida bir qator o‘quv nuqtalarida maxsus-taktik mashqlari bo‘lib o‘tdi. Ularda qidiruv-qutqaruv, vayronalar ostidan va yo‘l transport hodisasiga uchragan avtomobillardan jabrlanganlarni chiqarish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish ishlari amalda sinab ko‘rildi.

Top