19:32 / 25.12.2015
5420

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev milliy xavfsizlik qo‘mitasining yangi raisini tanishtirdi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmatining Twitter’dagi sahifasi orqali xabar qilindi.

Ushbu lavozimga general-leytenant Vladimir Jumaqanov tayinlandi.

Ilgari qo‘mitaga Nurtay Abiqayev boshchilik qilayotgan edi. Jumaqanov uning birinchi o‘rinbosari edi.

Top