22:12 / 25.12.2015
4174

Qozog‘istonda ketma-ket ikkinchi yil Alixon va Oyzor ismlarini qo‘yish rusum bo‘lmoqda

Qozog‘istonda Alixon ismi yangi tug‘ilgan o‘g‘il bola chaqaloqlarga, Oyzor ismi esa qiz chaqaloqlarga ism qo‘yishda ikkinchi yil ketma-ket eng ommaviy ism bo‘lmoqda. Bu haqda Qozog‘iston milliy iqtisodiyoti vazirligi Statistika qo‘mitasining rasmiy saytiga iqtibos keltirgan holda Tengrinews.kz muxbiri ma'lum qildi.

Saytda aytilishicha, joriy yilning 10 oyi davomida 2977 nafar o‘g‘il bola chaqaloqqa Alixon, 5762 nafar qiz chaqaloqqa Oyzor ismi berilgan.

Ta'kidlash joizki, 2014 yilning shu davri davomida Alixon ismi 2798 nafar o‘g‘il bolaga, Oyzor ismi 6276 nafar qiz bolaga berilgan.

Erkak ismlari orasida shuningdek quyidagi ismlar ham ommabop bo‘ldi: Oysulton, Nurislom, Erasil, Sanjar, Amir, Nurasil, Arsen, Alinur, Ali, Miras, Artyom, Aldiyor, Maksim va Oydin.

Ayol ismlari orasida quyidagi ismlar ommabop bo‘lgan: Oyaru, Rayona, Kavsar, Oysha, Inju, Omina, Oylin, Arujon, Sofiya, Oyona, Madina, Oyulim, Alina va Sezim.

Top