00:17 / 25.12.2015
10952

Rossiya Markaziy banki valyuta almashtirishni qattiqqo‘llashtirdi

Rossiya Markaziy banki valyuta ayirboshlash qoidalarini qattiqqo‘llashtirdi. Endilikda valyuta ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalar agarda summa 15 ming rubldan ko‘proqni tashkil qilsa, soddalashtirilgan tartibda emas, balki mijozning shaxsini to‘liq o‘rnatish bilan amalga oshiriladi. Bu haqda Rossiya Markaziy bankining qarorida aytilmoqda.

Endi operatsiyani amalga oshirish uchun mijoz pasportni taqdim qilishdan tashqari, so‘rovnomani to‘ldirib, to‘liq identifikatsiyadan o‘tishi kerak.

So‘rovnomada familiya, ismi, otasining ismi, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning rekvizitlari, yashash manzili, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (agar bo‘lsa) hamda “kredit tashkiloti ixtiyoriga ko‘ra boshqa ma'lumotlarni” ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.

Ushbu qoidalar 28 dekabrdan kuchga kiradi.

Amaldagi qonunlarga ko‘ra, pul vositalari bilan operatsiyalar agar ularning miqdori 15 ming rubldan yoki xorijiy valyutada 15 ming rublga teng bo‘lgan miqdordan oshmasa, mijozning shaxsini o‘rnatmasdan amalga oshirilishi kerak.

Top